Xiyonat qilsam uch taloqsan degan edi
Assalomu alaykum! Oila qurganimga yarim yil bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im mani yaxshi ko‘rib olganlar, lekin juda ko‘p xiyonat qiladilar. Hatto “Agar birorta bilan yursam gaplashsam manga 3 taloqsan” deb qasam ichdilar. 1 hafta o‘tib u kishini bir ayol bilan gaplashib uchrashib yurganini qaynotam ko‘ribdi o‘sha ayolni oldiga borib haqiqat ekanligini ham isbotlab kelibdilar. Homiladorman, hali tug‘ilmagan farzandimni o‘rtaga qo‘yib qasam ichadilar, ishdan juda kech keladilar, qaerda ediz deb so‘rasam baqirib urib ketadi. Ajrashamiz desam sani yaxshi ko‘raman jim o‘tir deydi. Qaynotam ham oq qildi, “bizni uyga kirmasin” dedi. Men nima qilay, qanday yo‘l tutay, ajrashaymi? Yolg‘onchiligidan charchadim, iltimos maslahat beringlar jonimdan to‘yib ketdim. Manga taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga uch taloq tushib bo‘lgan. Birga yashashlaringizga yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:40 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga uch taloq tushib bo‘lgan. Birga yashashlaringizga yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:40 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush