Al Hakim at Termiziy rahimahulloh haqlarida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men Vikipediya saxifasidan so‘fizm ulamolaridan bo‘lmish Al Xakim at Termiziy rahimahulloh haqlarida bir ma’lumotni o‘qib qoldim. U erda yozilishicha ul Hazrat avliyolarni payg‘ambarlar darajasiga olib chiqqanmish va shu bilan o‘sha vaqtdagi faqihlarni va hukumatning norizoligiga uchrab yurtni tashlab ketishga majbur bo‘lgan ekanlar. Savolim shundan iboratki: 1). Vikipediyada kelgan bu jumlalar qanchalar ishonarli? Agar to‘g‘ri bo‘lsa shu gaplar, bu tenglashtirishlikni qanday tushunish kerak?
2). Al Xakim at Termiziy rahimahulloh haqlarida ozroq ma’lumot bersangizlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bizda bu kabi ma’lumotlar yo‘q. 2). Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziyning tarjimai holiga oid ma’lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida keltirilgan. Abdulfattoh Abdulloh Baraka al-Hakim at-Termiziyni hijriy 205 (melodiy 820) yilda Termiz shahrida tavallud topib, uzoq umr ko‘rib, hijriy 320 (melodiy 932) yilda 112 yoshida vafot etganligi haqida yozadi. Uning maqbarasi Termiz shahrining yaqinida Amudaryo bo‘yida joylashgan. Otasi Ali ibn al-Hasan o‘z davrida hadis ilmining ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan. Arab tarixchisi al-Xatib al-Bag‘dodiy o‘zining mashhur «Tarixi Bag‘dod» («Bag‘dod tarixi») nomli asarida yozishicha, u musulmon olamining eng yirik markazlaridan sanalgan Bag‘dod shahrida bo‘lib, o‘sha davrning mashhur olimu ulamolari bilan hadis ilmining turli masalalari bo‘yicha qizg‘in bahs va munozaralarda ishtirok etgan. Ayni vaqtda shuni alohida ta’kidlash kerakki, al-Hakim at-Termiziyning ilmiy kamolotida uning otasi Ali ibn al-Hasanning xizmatlari benihoya katta. Chunonchi, u o‘z farzandi uchun nafaqat mehribon va g‘amxo‘r ota, balki unga nisbatan talabchan murabbiy va ma’rifatli ustoz maqomida ham bo‘lgan. Otasi vafotidan keyin al-Hakim at-Termiziy o‘z shahridagi etuk olimlardan asosan tafsir, hadis va fiqh ilmlaridan saboq oladi. Fariduddin al-Attorning yozishicha, yoshi yigirma ettiga etganda al-Hakim at-Termiziy ikki o‘rtog‘i bilan o‘sha paytda butun Sharqda ilmu ma’rifatning eng yirik markazlaridan biri sanalgan Bag‘dodga borib ilm olishni niyat qilganda birdan onasi betob bo‘lib qoladi. AL-HAKIM AT-TERMIZIYNING USTOZLARI 1. Al-Hakim at-Termiziyning birinchi ustozi, yuqorida zikr etilganidek, uning otasi Ali ibn al-Hasan at-Termiziy edi. 2. Qutayba ibn Sa’iyd as-Saqafiy 3. Solih ibn Abdulloh at-Termiziy. 4. Solih ibn Muhammad at-Termiziy. Ahmad ibn Hizravayh. 5. Abu Turob an-Naxshabiy. U kishining bundan boshqa ustozlari ham bo‘lgan. AL-HAKIM AT-TERMIZIYNING ShOGIRDLARI U kishining ko‘plab shogirdlari bo‘lib, shulardan mashhurlari qo‘yidagilar: 1. Abu Muhammad Yahya ibn Mansur al-Qoziy 2. Abu Mansur Ali ibn Abdulloh ibn Xolid az-Zuhliy al-Hiraviy 3. Abu Ali al-Hasan ibn Ali al-Jurjoniy 4. Ahmad ibn Muhammad ibn Iso 5. Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Hakim al-Varroq 6. Muhammad ibn Ja’far ibn Muhammadibn al-Haysam ibn Umron ibn Burayda. AL-HAKIM AT-TERMIZIY ASARLARI Al-Hakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlar haqida yozgan mualliflar uning asarlarining soni haqida turli raqamlarni keltirganlar. Ba’zilarining fikriga ko‘ra uning asarlarining soni to‘rt yuztaga yaqin bo‘lsa, yana boshqalar al-Hakim at-Termiziy saksonta yoinki qirqta asar yaratganligi haqida yozganlar. Mana shu asarlardan eng avvalo payg‘ambar alayhissalomning hadislariga bag‘ishlangan «Navodir al-usul fi ma’rifat axbor Rasul» («Rasululloh xabarlarini bilishda nodir usullar») nomli asarini aytish kerak. Bu asar shuningdek «Salvat al-orifiyn va bo‘ston al-muvahhadiyn» («Oriflar ovunchog‘i va Allohning yagonaligiga ishonuvchilar bo‘stoni») nomi bilan ham ataladi. Bu asar hijriy 1294 (melodiy 1876) yilda Qustantiyniyada chop etilib, o‘zi tanlab olgan 291 hadisdan iborat ushbu kitobda al-Hakim at-Termiziy o‘z mazhabiy qarashlarini mufassal holda sharhlagan. Mazkur asarning bir qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston musulmonlar idorasining kutubxonasida saqlanadi. Yana bir qo‘lyozmasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (# 10842). Allomaning keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasavvufga oid ikki asarini ko‘rsatish mumkin. Ulardan biri «Kitob haqiyqat al-odamiyya» («Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob») va ikkinchisi «Adab un-nafs» («Nafs odobi») nomli asaridir. Al-Hakim at-Termiziy asarlarining aksar qismi qo‘lyozma holda jahonning yirik shaharlaridagi qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Ularni bir qadar shartli ravishda besh guruhga (majmuaga) bo‘lish mumkin. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Stambul va London kabi shaharlardagi qo‘lyozmalar jamg‘armalarida saqlanadi. Parij Milliy kutubxonasida (arab bo‘limi, 5018 raqamida) al-Hakim at-Termiziyning quyidagi o‘n ikkita asarining qo‘lyozmalari saqlanadi: 1. «Kitob us-salot va maqosiduho» («Namoz va uning maqsadlari»). 2. «Kitob ul-hajj va asrorihi» («Haj va uning sirlari»). 3. «Kitob ul-ihtiyotot» («Ehtiyotkorlik yo‘llari»). 4. «Kitob ul-jumal al-lozim ma’rifatiho» («Bilish lozim bo‘lgan jumlalar»). 5. «Kitob ul-furuq va man’ ut-taroduf» («Farqlar va taroduf (ketma-ketlik)ni man qilish»). 6. «Kitob Haqiyqat ul-odamiyya» («Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob»). 7. «Kitob Urs ul-muvahaddiyn» («Yakka xudoga e’tiqod qilganlarning zavqi»). 8. «Kitob ul-a’zo van nafs va yusammo kazolika g‘avr ul-umur» («A’zolar va jon yoki ishlarning mohiyati haqida kitob»). 9. «Kitob Manozil al-ibod min al-ibodati» («Bandalarning bandachilikdagi manzillari yoxud Alloxga intiluvchilarning manzillari haqida kitob»). 10. «Kitob ul-aql val-havo» («Aql va havoyilik haqida kitob»). 11. «Kitob ul-Amsol min al-Kitob vas sunnat» («Qur’on va sunnatdagi masallar kitobi»). 12. «Kitob al-manohiy» («Raddiyalar haqida kitob»). Damashq (Az-Zohiriya kutubxonasi, Tasavvuf 104 raqamida) majmuasi ikki kitob va beshta risoladan iborat. Ulardan biri Kitob ar-Riyazat yoinki «Kitob Haqiyqat ul-Odamiyya» («Riyazat yoki Insoniyat haqiqati to‘g‘risidagi kitob»). Uning qo‘lyozmasi, yuqorida zikr qilganimizdek, Parij majmuasida ham, shuningdek, Stambul majmuasida ham mavjud. Ammo ikkinchi qo‘lyozma «Kitob ul-Akyos val-mug‘tariyn» («Ziyraklar va aldanganlar haqida kitob») nomli bo‘lib ushbu asarning yagona qo‘lyozmasi hisoblanadi. Misr Arab Respublikasining yirik shaharlaridan biri Iskandariyya (Maktabat al-Baladiyya, 3585 j) majmuasida al-Hakim at-Termiziyning uchta risolasi saqlanadi: 1. Al-Masoil al-maknuna («Yashirilgan masalalar»). 2. Tahsiyl nazoir al-Qur’on («Qur’on ibratlarini o‘rganish»). 3. Kitob Radd a’lol-Muattila («Al-Muattiliylarga[16] raddiya kitobi»). Al-Iskandariyya majmuasida mavjud ushbu risolalarga yana allomaning «Kitob ul-Furuq» («Farqlar haqidagi kitobi»)ni (Maktabat al-Baladiyya, 3585 j) ham qo‘shish mumkin. Mazkur asarning bir nusxasi, avvalroq zikr qilganimizdek, Parij majmuasi tarkibida saqlanadi. Al-Hakim at-Termiziyning London majmuasiga kirgan asarlari quyidagilardan iborat bo‘lib, ular asosan alloma Shestarbiti tasarrufidagi asarlardir: 1. «Kitob ur-riyozati» («Riyozat haqidagi kitob»). Ushbu asarning boshqa nusxalari Parij, Damashq va Stambul majmualarida ham saqlanadi. 2. «Muxtarot min kitob as-Safo» («Kitob us-Safo asaridan tanlab olingan qismlar»). 3. Bir risola (nomi ko‘rsatilmagan). 4. «Adab un-nafs» («Insonning odobi»). 5. «Masalat ul-iymon va islom val ihson» («Iymon, islom va ehson masalalari»). Qohiradagi «Dor ul-kutub al-ilmiyya»da saqlanadigan qo‘lyozma al-Hakim at-Termiziyning «Ilal al-Ubudiyya» yoinki «Ilal ash-shariy’a» («Shariy’at dalillari») nomli asarining nusxasi bo‘lib, aslida bu risola allomaning «Kitob us-Salot» («Namoz haqidagi kitob») asarining qisqartirilgan shaklidir. Leyptsig majmuasida saqlanadigan atigi yagona kitob al-Hakim at-Termiziyning «Ad-Dur al-maknun» («Bekitilgan marvarid») asari bo‘lib, u hayotda yuz bergan va yuz berishi ehtimoli bo‘lgan voqealarga bog‘liq hadislar majmuasidan iborat. Stambul shahridagi Ayo-so‘fiyo kutubxonasida mavjud qo‘lyozma nusxa allomaning «Kitob al-Furuq» asarining qo‘lyozmasi bo‘lib, bu asarning boshqa nusxalari Parij va al-Iskandariyya shaharlaridagi majmualarda saqlanishi haqida avvalroq aytib o‘tildi. Alloma al-Hakim at-Termiziyning bizgacha etib kelgan asarlaridan biri «Xatm ul-avliyo» (bu asar ba’zi manbalarda, xususan, al-Hujvuriyning «Kashf ul-mahjub» nomli asarida «Xatm ul-valoyat» shaklida keltirilgan) bo‘lib, unda tasavvuf tarixida birinchi marotaba «valoyat-valiylik» nazariyasiga va buning asosida «al-hakimiya» maktabiga asos solingan. Ushbu asarda keltirilgan fikr-mulohazalar Termiz ahlining ba’zi kismlari o‘rtasida keskin e’tirozga ham sabab bo‘lib, natijada al-Hakim at-Termiziy ona shahri Termizdan badarg‘a qilinib, bir qancha muddat Balxda ham yashagan. Uzoq yillar davomida yo‘qolgan kitoblardan hisoblangan «Xatm ul-avliyo» 1965 yili Livanning poytaxti Bayrutda Parij ilmiy tadqiqotlar markazi islomiy madaniyat bo‘limining a’zosi Usmon Ismoil Yahyo tomonidan nashr etildi. Valiylikning haqqoniyligi, shuningdek, uning nubuvvat va risolat bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlari «Xatm ul-avliyo» kitobining bosh mavzusi hisoblanadi. Muqaddima va 29 faslda murid va shayx o‘rtasida bo‘lib o‘tgan savol-javob tarzida ta’lif etilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar