Nahorgi osh masalasi
Assalomu alaykum! Barchamizga ma’lumki to‘ylarimizda nahorgi oshlar ko‘p uchraydi. Shu nahorgi oshlarda asosan erkaklar tashrif buyuradi va osh tarqatiladi. Erkaklarga solib berilgan idishlarda (chinni, kosa, tovoq kabi) yarmi eyilgan yarmi eyilmagan ovqatlar qolib ketadi. Shu oshni umumiy oshga qo‘shib yuborish makruh deb aytishmoqda. Ya’ni osh qo‘shib yuborilganda begona erkaklar iste’mol qilgan ovqatni nomahram ayollar iste’mol qilishi makruh ekan. Ushbu hukmning manbasi bo‘lsa aytsangiz. Osh qolib ketsa, tashlab yuborilishi isrof, bu esa haromku. Shu masalaga aniqlik kiritib bersalaring. Aholi orasida tushunmovchilik kelib chiqmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Makruh emas, noto‘g‘ri gapirishibdi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 01:42 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Makruh emas, noto‘g‘ri gapirishibdi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 01:42 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom