Qodir bo‘lgan odam hajga borishi
Assalomu alaykum! Otamni yoshlari 50da namoz o‘qimaydilar, bomdodni onda-sonda o‘qib qoladilar. Borib kelsalar, namozni boshlaydilar degan niyatda xaj safariga jo‘natmoqchiman. Ular xajga borishlari to‘g‘rimi yoki xajdan oldingi farzlarni ado etsalar, keyin borishlari kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Jo‘nating, borsin. Qodir bo‘lib bormaganlarning hukmi quyidagicha عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ مَلَكَ زَادًا وَرَاحِلَةً تُبَلِّغُهُ إِلَى بَيْتِ اللهِ وَلَمْ يَحُجَّ فَلَا عَلَيْهِ أَنْ يَمُوتَ يَهُودِيًّا أَوْ نَصْرَانِيًّا، وَذَلِكَ لِقَوْلِ اللهِ فِي كِتَابِهِ - وَلِلّهِ عَلَى النَّاسِ حِجُّ الْبَيْتِ مَنِ اسْتَطَاعَ إِلَيْهِ سَبِيلاً Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim zod va uni baytullohga eltadigan rohilaga ega bo‘lsa-yu, haj qilmasa, uning yahudiy yoki nasroniy holida o‘lishining farqi yo‘q. Bu Allohning O‘z Kitobida «Odamlardan yo‘lga qodir bo‘lganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq vojibdir», degani uchundir», dedilar».
Sharh: «Zod» – hajga borib, kelguncha etadigan maishat uchun kerakli bo‘lgan sarf-harajat.
«Rohila» – hajga borib, kelguncha etadigan yo‘l harajatlari.
Bu hadisdan imkon bo‘la turib, haj qilmaslik katta gunoh ekanligi kelib chiqadi. Bas, o‘zida haj shartlarini mujassam qilgan odam imkonini topib, tezda haj ibodatini qilishga shoshilishi lozim. Keyin turli bahonalar chiqib, haj qila olmay o‘lib ketsa, katta xayr va barakadan mahrum bo‘lgan holida ketadi. Hadisi sharifning ta’biriga e’tibor bersak, haj qilish imkoniga ega bo‘lib, uzrsiz haj qilmagan odam nafaqat xayr va barakadan mahrum bo‘ladi, balki o‘ta noqulay holda qoladi. Chunki u Allohning amrini bajarmagan bandadir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:53 | Savol-javoblar | 147 | Haj va umra