G‘azabda bilmay oq qilish
Assalomu alaykum! Ukam to‘satdan ruxiy xasta bo‘lib qoldi. O‘zi Institutni grant asosida o‘qishni yakunlaganb sport sohasida ham yaxshi natijalarga erishgan. Ota onamizni hurmat qilar edi. iymonli yigit edi. Kasal buldiyu, yomon tarafga o‘zgarib ketdi. Uydan otamni yig‘ib qo‘ygan oyligini o‘g‘irlab ketib shaxar aylanib yo‘qotib keodi. Shu orada dadam g‘azablanib shu o‘g‘limni oq qildim dedilar. Hozirda kechirganlar. Endi nima qilish kerak. Ukam hozir avvagidek emas lekin ichimda shaytonni uyi bor deydi. 15-20 ta shayton bor deydi. O‘zingni os der ekan. Shayton Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni, Otamni, onamni bizlarni haqorat qilar ekan. Davo topmayapmiz. Diniy va ilmiy tarafdan xam foyda bulmayapti. Iltimos shu masalalrda maslaxat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onaga oq bo‘lish kabira gunohlardan. Farzand shunday holga tushib qolgan bo‘lsa, barcha gunohlarigi tavba qilishi, istig‘for aytib, ota-onasining roziligini olishga harakat qilishi kerak. Keyinchalik ota-ona undan rozi bo‘lishsa, farzand bunday tamg‘adan xalos bo‘lgan bo‘ladi. Ukangizning ruhiy holati va sog‘lig‘i yuzasidan biror ahli ilmga uchrab maslahat oling. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 00:24 | Savol-javoblar | 200 | Oila va turmush