Gunohmi yoki gunoh emas?

Assalomu alaykum! Hurmatli ilm sohiblari, yoshligimizda biz yulduz uchganda niyat yo tilak tilash kerak amalga oshadi deb aytishar edi. Shu ish gunohmi yo gunoh emas? Javob uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu gunohdir. Yulduzlarning inson taqdiriga aslo aloqasi yo‘q. Odam ilmsiz bo‘lganidan keyin Alloh taoloni qo‘yib har narsadan yaxshilik umid qilaveradi. Har bir yaxshilikning asl beruvchisi Alloh taolodir. Shuning uchun biror ish sodir bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tezdan namozga shoshilar va Alloh taoloning O‘ziga duo qilar edilar. Biz ham shuni odat qilib olishimiz kerak. Alloh taolo “Munofiqun” surasi 7-oyatida marhamat qiladi: “Holbuki, osmonlaru erning xazinalari Allohnikidir. Va lekin munofiqlar anglamaslar”. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 14:48 | Savol-javoblar | 160 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar