Jarroh xatosini undirish

Assalomu alaykum! Davlat tasarrufidagi shifoxonada jarroh og‘ir amaliyot payti bemor ichida tuxumdek (qon to‘xtatish uchun qo‘yilgan marli bo‘lish ehtimol yuqori) nimadir qoldirgan. Albatta, buni qasddan qilmagan. Lekin bemor shundoq ham uch marta operatsiya bo‘lgan. O‘sha qolib ketgan narsa sababli yana qayta operatsiya bo‘lishga majbur bo‘lmoqda. Bu holatda operatsiya xarajatlarini o‘sha davlat shifoxonasiga yuklash va salomatlikka etadigan qo‘shimcha zarar haqqini undirish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 141 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar