Jannatda ham birga bo‘lish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ayol kishi o‘lganidan keyin u dunyoda oxirgi eri bilan birga bo‘ladi, deb o‘qidim. Agar erning ayoli vafot etib, u boshqa ayolga uylansa qaysi ayol eri bilan birga bo‘ladi? Ayol kishi qattiq mehr bergan eri bilan u dunyoda ham birga bo‘lishi uchun undan keyin erga tegmasligi kerak ekan. Lekin eri uylansa-yu u ayol ham shunday mehr qo‘ysa? Shariatimizda bu haqida nima deyilgan? Noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam uzr so‘rayman. Alloh taolo sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vafot topgan vaqtda nikohida bo‘lgan eri bilan. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vafot topgan vaqtda nikohida bo‘lgan eri bilan. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush