Daromaddan ushur berish

Assalomu alaykum! Tog‘amni asal arisidan 10 mln so‘m daromadi bor, yaqinda to‘y qilib 14 mln so‘m qarz olgan. Shunda qarzini to‘leydimi yoki ushurni beradimi? 10 mln so‘m daromad qilingan asalni sotib bo‘gandan keyinmi yoki oldindan beriladimi ushur?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushrini beradi. Xohlasa asaldan, istasa qiymatidan bersin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar