1xbetda yutilgan pulni exson qilish

Assalomu alaykum! Meni bir savol qiynab keladi ko‘pchilik tanishlarim 1xbetga pul tikishadi va anchagina daromad olishadi men oxiri yomon bo‘ladi olgan puling xarom desam masjidga exson qilib qo‘yamiz bo‘ldi halol bo‘ladi deyishadi. 1xbetdan yutgan puli xarom to‘g‘ri, lekin qilgan exsoniga ajri bo‘ladimi? Ular qilgan exsonidan ajr olishadimi? 2.Ularning exsonini (1xbet o‘ynashini bila turib) olgan odam kafforat to‘lashi (tavba qilishi) kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Haromdan ozgina ehson qilsa, halolga aylanadi degan e’tiqodda bo‘lgan odam shariat bo‘yicha  kofir bo‘ladi. Haromdan topilgan narsadan ehson qilganidan savob bo‘lmaydi. Qilgan ehsonlariga ajr olishmaydi.2). Haromdan pul topadigan kishining ehsonini olmaslik kerak. Olgan bo‘lsa, savob umid qilmasdan faqir miskinga berib yuborish lozim. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:16 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar