Farzandsizlik va taloq
Assalomu alaykum! Biz farzandsizlik hamda xo‘jayinim, ota-onalari ro‘mol o‘rashimga noroziliklari tufayli zaksdan ajrashishga ariza berdik. Xo‘jayinimga dadam endi qizimni talog‘ini ham bering deganlarida, taloq so‘zini aytsa arsh larzaga keladi, shuning uchun aytolmayman, arizaga qo‘l qo‘ysa shuni o‘zi o‘tadi, debdilar va bir voqeani eslabdilar: bir necha oylar oldin yana ro‘mol o‘rash haqida gapirganimda jahllari chiqib, mani aytganim bo‘ladi, aytganimni qilmasang uyingga ket deb bir necha marotaba aytgan edilar. Yashamaslik niyatida ket dedingizmi, agar yashamaslik niyatida aytgan bo‘lsangiz 3 martadan ko‘p aytdingiz, yashashga ruxsat ham qolmadi degan edim, xo‘jayinim menga farqi yoq aytganimni qilmasang ket deb yana ko‘p marta aytgandilar. Shu voqeani eslab, o‘shanda qizingizning o‘zi taloq tushdi deb aytgan debdilar. Lekin bu voqeadan keyin yana yashab ketgandik. Shu gapdan so‘ng dadam “Agar hozir sizlarni zaks ajratsa, taloq tushadimi“ deb so‘rabdilar va xo‘jayinim ha deb javob beribdilar. Bundan oldin ham xo‘jayinim menga o‘rangan xotin kerakmas, qaror qilib bo‘ldim yashamayman degandilar. Ustozlar, iltimos javob beringlar, bizga taloq tushganmi yoki taloq so‘zini aytmaganlari uchun tushmaganmi? Agar tushgan bo‘lsa iddani qachondan hisoblayman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “so‘ng dadam “Agar hozir sizlarni zaks ajratsa, taloq tushadimi“ deb so‘rabdilar va xo‘jayinim ha deb javob beribdilar” deb yozibsiz. Haqiqatda shu gapni aytgan bo‘lsa ZAGSdan ajrim olishingiz bilan taloq tushadi. Agar holat siz yozganingizdan boshqacha bo‘lsa hukm ham boshqacha bo‘lishi mumkin. Afzali bu masalalarni jonli majlisda ahli ilm huzurida ko‘rilishidir. Vallohu a’lam!
28 Oktabr 2023, 12:38 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush