NFT haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, bu borada izlash tizimidan foydalanib ko‘rdim, lekin javob deyarli yo‘q ekan. Hozirgi kunda telegram o‘zi hech kimdan so‘ramasdan har qanday kanalga reklama joylayapti, shu reklamalar orasida NFT degan narsa haqida ham reklamalar chiqyapti. Hattoki bu haqida islomiy kanallarda ham chiqyapti, to‘g‘ri bunda islomiy kanal yuritadiganlar qo‘yishmaydi va ularni ayblash noto‘g‘ri. Lekin bu haqidagi reklamani islomiy kanalda ko‘rsatadimi yoki boshqa joydami, kuzatuvchilar qiziqib o‘sha NFT reklamasiga kirib ko‘rishadi. Tarmoqdan u to‘g‘risida tayinli javob topa olmadim yoki bu haqidagi o‘zbekcha ma’lumotlar xorijiy tillardan tarjima qilingani uchun ba’zi jihatlarini tushunish qiyin. Tushunishimcha bu NFT qandaydir rasm bo‘ladi va uni sotishadi. Tabiiyki, buni ko‘rgan musulmon kishi bu ishni qilish joizmi yoki joiz emasmi, halol-haromligiga birinchi o‘rinda e’tibor qilishadi. Ustozlar savolim uzun bo‘lib ketgan bo‘lsa uzr, NFT haqida batafsilroq va asosiy ma’lumotlar bersangizlar, ko‘p kanallarda bu NFT haqida ma’lumot qo‘yishyapti, kommentariyasida musulmonlar ixtilof qilib qolishyapti, biri joiz desa boshqasi joiz emas vaa hukmi aniq emas deyishyapti, shu ixtiloflarga barham berish uchun NFT haqida va musulmonlarga joiz yoki joiz emasligi haqida batafsilroq ma’lumot bersangizlar, Alloh rozi bo‘lsin sizlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 211 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar