Qurbonlik go‘shtini taqsimlamasdan pishirish
Assalomu alaykum! Biz etti aka-uka xar yili qoramol so‘yib qurbonlik qilamiz. Mol so‘yilgandan keyin uning go‘shtidan bir qismini (taxminan 2 kg) pishirib eyish bizda odat tusiga kirgan. Yaqinda bir kishi "go‘shtni taqsimlashdan oldin uni pishirib eyish durust emas, bu ishinglar noto‘g‘ri"- deb qoldi. Agar etti kishi xam pishirishga rozi bo‘lsa, bu ishimiz durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rozilik bilan bo‘lsa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:28 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rozilik bilan bo‘lsa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:28 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar