Ko‘p janjallashardik taloq tushganmi

Assalomu alaykum! Men 35 yoshdaman. Ayolim bilan salkam 10 yildan beri yashaymiz. Ikkita farzandimiz bor Allohga shukur. Bizning turmushimiz ota-onalarimizning qistovi bilan bo‘lgan, shuning uchun ayolim bilan tushunmovchiliklar bo‘lgan. Boshida u menga juda yaxshi e’tiborda bo‘lardi, men esa befarq bo‘lganman. Ko‘p janjallashardik, ajrashishgacha xam borganmiz, uydan ketib xam qolgan, xaydagan paytlarim xam bo‘lgan, lekin xar safar yarashib yashab kelyapmiz, unga nisbatan noxaq bo‘lganman. Lekin xech qachon taloq so‘zini tilimga olmaganman. Xozir esa uni yaxshi ko‘rib qolganman balki undan xam ortiqroq, avvalgi qilmagan e’tiborimni xozir qilyapman, u bilan yashashni maqsad qilganman, lekin u juda xam o‘zgarib ketgan, oldingi munosabati yo‘q. Savolim shundan iborat: bizning o‘rtamizga taloq tushganmi? To‘g‘risi shu kunlarda tushkunlikka tushganman shu narsa ko‘p o‘ylantiradi. Nima qilishni maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni “Ko‘p janjallashardik, ajrashishgacha ham borganmiz, uydan ketib ham kolgan, haydagan paytlarim ham bo‘lgan” degan gapingizdan taloq tushib qolgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sizlar o‘zingizga yaqin joydagi taloq ilmini yaxshi biladigan biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:34 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar