Ikki hadis to‘g‘risida, qon ichib qo‘ygan sahoba, jannatga hisobsiz kiradigan 70000 kishi
Assalomu alaykum! Ustozlar Alloh qilayotgan solih amallarizngizni qabul qilsin, izlash hizmatidan foydalanib topa olmadim agar qayta savol berilgan bolsa uzur va eski savol ilovasini tashasangiz ham oqib olaman iltimos, Ma’no jihatdan esimda borini yozaman, Rosululloh bir idishda qonini bir sahobaga olib borib chekkaga tokib tashla deganida u sahoba osha idishdagi Payg‘anbarimizni qonini ichib qoygan ekanlar, kiyin payg‘anbarimiz sorasalar ichib qoydim yo rosululloh sizga do‘zax o‘ti xarom qilingan endi menga ham do‘zax oti etmaydimi deganida endi senga Albatta etmaydi degan ma’noda hadislari bormi, bir kishiga shunday hadis bor deganimda qon xaromku ichish mumkinmas dedi, shu hadisga izoh bersangiz, agar iloji bolsa o‘sha hadisni matnini ham tashlasangiz Alloh rozi bolsin sizlardan men uchun matni ham qiziq rosulullohni labzlaridan nima deganlarini oqishni yoqtiraman, 2. Jannatga be hisob kiradigan 70000 musulmon ichida bo‘lish uchun qanaqa amal qilish kerak shuni ham aytib yuboringlar iltimos uztozlar,shu hadisni matnini ham tashlasayiz ustoz Rosulullohni labzlari bilan nima deganini oqishni yaxshi koraman, o‘zlaridan eshitganday bo‘laman iltimos,
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1. Bu hodisa Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhudan qiligan rivoyatda, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Safinadan ham va boshqa roviylardan ham rivoyat qilingan bo‘lib, ulamolar qon najosat bo‘lishiga qaramay, bu holat Nabiy sollallohu alayhi vasallam xos bo‘lgan holatlardan bo‘lib u zotning qonlari najas hisoblanmaydi deganlar.2. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldimizga chiqdilar-da:
«Menga ummatlar ko‘rsatildi. Bir nabiy bir odam bilan, yana bir nabiy ikki odam bilan, yana bir nabiy bir guruh bilan, yana bir nabiy u bilan hech kim yo‘q holda o‘ta boshladilar. Ufqni to‘sgan katta to‘p odamlarni ko‘rdim. Ummatim shu bo‘lishini umid qildim. «Bu Muso va uning qavmidir», deyildi. So‘ngra menga «Nazar sol», deyildi. Qarasam, ufqni to‘sgan katta to‘p odamlar. Menga «Unday qara, bunday qara», deyildi. Shu payt katta to‘p odamlarni ko‘rdim. Shunda menga «Ana o‘shalar sening ummatingdir. Ular bilan birga etmish ming jannatga hisobsiz kirurlar», deyildi. Bas, odamlar tarqalib ketdilar. U zot ularga bayon qilib bermadilar. Keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari o‘shani birgalikda yodga olishdi:
«Biz shirkda tug‘ildik. Lekin Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirdik. Ammo anavilar avlodlarimiz bo‘lsa kerak», deyishdi. Bu gap Nabiy sollallohu alayhi vasallamga etib bordi. Shunda u zot:
«Ular shumlanmaydiganlar, dam solishni talab qilmaydiganlar, tamg‘a qizdirib bosmaydiganlar va Robbilariga tavakkal qiladiganlar», dedilar.
Bas, Ukkosha ibn Mehson o‘rnidan turib:
«Ey Allohning Rasuli, men o‘shalardanmi?» dedi.
«Ha», dedilar. Shunda boshqa bir odam turib:
«Men ham o‘shalardanmi?» dedi.
«Ukkosha uni sendan ilgari olvoldi», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilgan.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mening ummatimdan etmish mingi jannatga hisobsiz kirurlar. Ular: dam solishni talab qilmaydiganlar, shumlanmaydiganlar, narsa qizdirib bosmaydiganlar va Robbilariga tavakkal qiladiganlar», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:34 | Savol-javoblar | 215 | Hadislar