Ko‘z yiringlashida tahorat

Assalomu alaykum! Ko‘zim shamollashi oqibatida ko‘zimdan yiring chiqib turadi har zamonda. Asosan doim tahorat olganimda yuzimni yuvganimda ko‘zimga ishqalanganidanmi chiqadi. Savolim shuki tahorat olishimdan oldin ko‘zlarim ichida atrofida yiring ko‘rmayman. Tahoratdan so‘ng oynaga qaraganimda ko‘zlarim atrofida yoki yuzimda yiringni bo‘laklarini borligini ko‘raman. Bunday holda ikkilanib qolaman. Tahoratdan oldin chiqdimi yoki keyin. Bunday holda qayta tahorat olishim kerakmi? 2). Bazida ko‘zlarim atrofida ham yuzimda ham ko‘rmayman. Ko‘zimni ichida qorachiqlarim atrofida yopishib turganini ko‘raman. Lekin tashqariga chiqmagan bo‘ladi, bunday holda ham qayta tahorat olamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Oqmaydigan darajada sedanachalik shapaq tahoratni sindirmaydi. Ko‘z og‘rigandagi suyuqlik tahoratni sindiradi. 2). Tahorat sinmaydi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar