Ruqiya deb odam to‘playdigan kanallar

Assalomu alaykum! Hozirgi vaqta You tube ijtimoiy tarmoqlarda “Bu duoni ertalab va kechqurun, ixlos bilan, uyda baland qilib qo‘yilsa, uyingizga baxt, boylik keltiradi" degan duolar bor. Yana "Eru xotin ortasini mustaxkamlovchi" duolar ham ko‘payib ketgan. Ular bularni xammasini Ruqiya deb nomlashadi. Bu gaplar qanchalik to‘g‘ri? O‘qiyotgan domlalar "obuna bo‘ling, layk bosing” deb xam qo‘yadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri gap. Shar’iy ruqiya boshqa narsa, uni mutlaqo boshqa narsa uchun o‘qiladi. U kanallar odam to‘plash uchun shunday qilishayotgan bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:31 | Savol-javoblar | 162 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar