Marxum Fozil qori domlaning ma’ruzalarini eshitganligi uchun
Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh barcha amallaringizni va xayrli qilsin. Men bir gazetada rahmatli marhum Fozil qori domlaning audio mp3 farmatidagi ma’ruzalarini telefonida saqlab eshitgan bir Surxondaryolik fuqoroni javobgarlikka tortilgani xaqida o‘qib qoldim! Shuning uchun men ham telfonimdagi O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan ulamo imom domlalarimizni, jumladan, Raxmatullo qori domla, Isoqjon qori, Fozil qori domla va islom. uz dagi muxlis, muslim. . . xullas O‘zbekistonning saytidan olingan ko‘p ma’ruzalarni, hattoki sizning xam ma’ruzalaringizni o‘chirib yuborishlikka majbur bo‘ldim. Uzr, ikkita savol berishlikka jazm qildim: 1- Savol: marhum Fozil qori domlaning ma’ruzalarini eshitishlik va undan ibratlanish, ta’lim olishlikka ruxsat yo‘qmi? 2- savol: o‘zi umuman ulamo domlalarimizning ma’ruzalaridan foydalansa bo‘ladimi? Iltimos, savolimga javob bersangiz. Alloh uchun sizdan iltimos, faqat sizga ishanib qoldim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Foydalansa bo‘ladi. Fozil qori rahmatullohi alayhining ma’ruzalari man qilingan emas.
29 Aprel 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Foydalansa bo‘ladi. Fozil qori rahmatullohi alayhining ma’ruzalari man qilingan emas.
29 Aprel 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar