Yaqinlari o‘lganida ko‘p yig‘lash mumkin emasmi
Assalomu alaykum! Yaqini o‘lganida ko‘p yig‘lash mumkinmas, o‘lik u dunyoda suvga botadi degan gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Suvga botadi degan gap notg‘ri. Lekin shariatimizda vafot etganga haddan oshib, uvvos solib va aytib yig‘lash joiz emas. عَنِ الْمُغِيرَةِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ نِيحَ عَلَيْهِ يُعَذَّبُ بِمَا نِيحَ عَلَيْهِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Mug‘iyra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Haqqiga yig‘langan kishi haqqiga yig‘langan narsa bilan azoblanadi», dedilar».
Ikki Shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Hadisning zohiridan ko‘rinib turibdiki, o‘lgan odamning orqasidan aytib yig‘lash o‘likka foyda bermas, aksincha, uning azoblanishiga sabab bo‘lar ekan. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَمَّا أُصِيبَ عُمَرُ رَضِي اللهُ عَنْهُ جَعَلَ صُهَيْبٌ يَقُولُ: وَا أَخَاهُ، فَقَالَ عُمَرُ: أَمَا عَلِمْتَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الْمَيِّتَ لَيُعَذَّبُ بِبُكَاءِ الْحَيِّ. وَفِي رِوَايَةٍ: إِنَّ الْمَيِّتَ يُعَذَّبُ بِبَعْضِ بُكَاءِ أَهْلِهِ عَلَيْهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Umar roziyallohu anhu musibatga uchraganida Suhayb:
«Voy birodarim!» deb yig‘lay boshladi. Shunda Umar:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, mayyit tirikning yig‘isi ila azoblanadi», deganlarini bilmaysanmi?» dedi».
Boshqa bir rivoyatda:
«Albatta, mayyit unga o‘z ahlining ba’zi yig‘isi ila azoblanadi», deganlar.
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Hazrati Umarni Abdurrahmon ibn Muljam pichoqlab tashlaganida, o‘lim oldida yotganlarida bo‘lib o‘tgan bu hodisadan ham o‘likning o‘z ahlining ba’zi yig‘isi tufayli azoblanishi tushuniladi. Lekin keyingi rivoyatda bu tushunchaga qarshi fikr olg‘a suriladi.عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْ مَيِّتٍ يَمُوتُ فَيَقُومُ بَاكِيهِ فَيَقُولُ: وَا جَبَلَاهْ، وَا سَنَدَاهْ أَوْ نَحْوَ ذَلِكَ إِلَّا وُكِّلَ بِهِ مَلَكَانِ يَلْهَزَانِهِ أَهَكَذَا كُنْتَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qaysi bir mayyit o‘lganidan keyin uning yig‘lovchisi turib, «Voy tog‘im, voy suyanchig‘im», desa yoki shunga o‘xshashlarni aytsa, albatta, unga ikki farishta vakil qilinib, qulog‘ining tagiga urib, «Shunday bo‘lgan edingmi?!» deydilar», dedilar».
Termiziy va Ahmad rivoyat qilganlar.
Sharh: «Agar mayyit o‘zi vasiyat qilgan bo‘lsa, shunday bo‘ladi», deydilar ba’zi ulamolar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 06:39 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar