Ro‘zg‘ordagi keladigan pul haromdan bo‘lsa

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtoqim bir dillerlikda ishlaydilar ba’zan aksiya bo‘lib pul ishlab oladilar misol uchun 6ta televizor olganga 1ta qo‘shib beradi shundan turmush o‘rtoqim foydalanib boshqa boshqa odamlar olsa ham bitta odamga yozib aksiyadagi narsani o‘zlari olb qoladilar bu halol emas ekanini bilaman ammo uzlariga aytsam eshtishniyam xoxlamaydilar va yana boshqa shubhali yo‘llar bilan pul topadilar imkon qadar halol oylik maoshidan ro‘zgor qilishga harakat qilaman maoshlari qarzlarimizga ketgani bois kam qoladi ro‘zg‘or uchun.Shu uchun ba’zida shubhali yo‘llar bilan kelgan pulni ishlatishga to‘g‘ri kelib qolyabdi imkon qadar iste’mol qilinmaydigan narsalaga ishlatishga harakan qilaman chunki farzandimga harom luqma edirishni xoxlamayman. Bunda mangayam gunox yoziladimi bu pullardan ishlatganim uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topgan daromadini aksari haloldan bo‘lsa, istemol qilish joiz. Agar unday bo‘lmasa, imkon bo‘lsa, siz o‘zingiz biror halol kasb qilib pul topishni yo‘lini qiling. Bo‘lmasa, eringiz topgan pulidan ehtiyoj darajasida eyishingiz joiz. Eringizning vazifasi siz va farzandlaringizning nafaqasini haloldan qilish. Shu ishni qilmagani uchun gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar