Otamni qarshiliklari
Assalomu alaykum! Otam soqol qo‘yishimga qarshilar, judaxam qattiq turb oldilar xattoinki rozimasman deyganchalik undan tashqari ayolim Qur’on o‘qishni o‘rganish uchun o‘qiyapkan edi xatto buni xam taqiqlab mani ruxsatimsz bu uydan chiqmaydi dedlar. Ko‘zmga yosh kelb ketdi nima qilishni xam bilmayapman ayolim xam men xam 5 vaqt namoz o‘qiymiz, dadam o‘qimaydilar xatto juma namozlariga xam bormaydilar. Tushuntirishga urindim gapirma manga gap qaytarma degan gapni gapryaptilar xalos. Mani umuman eshitmayaptilar gap gapirsam xuddi gap qaytargandek bo‘lyapman. Men Allohni va Rasulini yaxshi ko‘raman iloji boricha xar ishda taqvo qilishga urinaman. Bunday xolatda qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz dinning ustunidir. U jannatning kaliti, mo‘minlik alomati, qiyomat kuni birinchi bo‘lib so‘raladigan amaldir. Kimki uni to‘la to‘kis ado qilsa najot topadi, aksincha bo‘lsa badbaxt bo‘ladi. Kishining yaqin qarindoshlari ichida ibodatdan yiroqda, din desa ensasi qotadiganlar bor bo‘lishi bir sinovdir. Ayniqsa, ota kabi birov tanlab ololmaydigan qarindosh bo‘lsa uning mashaqqati ham, o‘ta olsa savobi ham ulug‘dir. Otangizni ibodatga go‘zal tarzda chaqirishda davomli bo‘ling. Zinhor yomon so‘z aytmang. Duolarda Allohga iltijo qilib, ular uchun ibodatga muhabbat so‘rang. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush