Aliment xalolmi
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashish arafasidamiz, 1 yildan buyon Ota uyimdaman, 1 nafar 2 yoshli o‘g‘lim bor, shu sabab turmush o‘rtog‘imni alimentga berdim, ular aytyabdiki alimentga berib gunox ish qilibman, dinimizda aliment xarom emush, bu xaqida xech qaerda o‘qimaganman, shu sabab sizlarga murojaat qildim. Ota uyimga kelganimdan beri na meni na farzandizni taminotini qildilar, bolaga ubu narsa so‘rasam qilmadilar. Farzandim oldimda bo‘lsa qilaman xammasini, oldimdamasku shu uchun o‘zin qil dedila, shunga majbur bob berdim alimentga. Erim bilan xam yashamayman chunki qaynonam qo‘ymyaptilar, xaydayaptilar. Aliment olishim to‘g‘rimi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringiz zimmasidagi burchlarini bilmas ekan. Bolalar to balog‘at yoshiga etgunicha kimning qaramog‘ida bo‘lsa ham ularning nafaqalarini otaning zimmasida vojibdir. Qonunchilikda nafaqaning bu shakli aliment deb atalmoqda. Eringiz o‘z zimmasidagi vojibni bajarmasa, ya’ni alimentni to‘lab bormasa har kun uchun gunohkor bo‘lib boraveradi. Vallohu a’lam!
9 Oktabr 2023, 18:31 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush