Bir oilada ikki kishi qurbonlik qilish
Assalomu alaykum! Men qurbonlik qilmoqchiman (1-marotaba), onam xam qurbonlik qilmoqchilar, lekin otam dinni yaxshi tushunmaydilar va birdaniga 2 kishi qurbonlik qilsak uyda janjal chiqarishlari mumkin. Shundan xavotir olib otam bilmasliklari uchun onam pulini berib qo‘yni sotib olib, boshqalar mani nomimdan so‘ysin va go‘shtini tarqatib yuborsin demoqdalar. Shunday qilsalar bo‘ladimi? Men, qurbonlik egasi o‘zi so‘yishi kerak yoki eng kamida ushlab turishi kerak deb eshitgandim. Nima qilishni bilmayapmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri eshitgan ekansiz. “Qurbonlik egasi o‘zi so‘yishi kerak yoki ushlab tursa, ko‘rib tursa yaxshi bo‘ladi” degan gap yo‘q. Bu shart emas. Biror odamni vakil qilsa, u odam qurbonlik qiluvchining nomidan so‘ysa yoki so‘ydirsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 140 | Ibodatlar