Masjiddagi xolat
Assalomu alaykum! Xozir rossiya davlatidaman birinchi savolim men jumaga ketyotganda metroda boraman ko‘cha to‘la nomaxramlar masjidga ketyotganda ham ko‘zim tushib qolyabti. Nima qilsam ayollarga qaramidigan bo‘laman? 2. Masjidda ixtilof ko‘p to‘g‘risi jumaga borgim kelmay qoldi hamma har xil xolatda ibodatda kimdir ma’ruza bo‘layotganda yonimda namoz o‘qidi unga bu ish mumkin emasligini aytmoqchi bo‘laman lekin menimcha foydasi yo‘q qolaversa u boshqa millat shu xolatda gunoxkor bo‘lamanmi? 3 Imomga iqtido qilib jumaning farzini o‘qiganimda Fotiha surasidan keyin hamma jaxriy bo‘lib bir bo‘lib Amin deyishmoqda men jim ichimda aytyabman shu imomga iqtido qilsam bo‘ladimi? 4 Hamma jumaning sunnatini o‘qisa ko‘pchilikni ko‘ryabman indamay o‘tiradi sunnatlarni o‘qimidi kimdir duo qilyotganda osmonga qarab oladi qo‘lini osmonga ko‘tarib oladi men ham qo‘rqib qoldim. Bu joyga borib men ham adashib qolsam miyam zaxarlanib qolsa bu holatda nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Allohdan qo‘rqing.2). Siz ertaroq borishdan maqsad ma’ruza eshitish bo‘lsa undaylarga e’tibor bermasdan ma’ruzaga e’tiborli bo‘lib o‘tiring.3). Shia bo‘lmasa iqtido qilsangiz bo‘ladi.4). E’tibor bermang. Imkon bo‘lsa boshqa masjidga boring. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:04 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda