Er bilan yashashga ikkilanish

Assalomu alaykum! Diniy ilmlarim kamligi sabab yordamingizga muhtoj bo‘lib murojaat qilyapman. Meni erim urib haydab yubordi. Yarashtirmoqchi bo‘lgan ota onamni ham urdi. Keyin ota onamga qo‘l ko‘targan inson bilan yashamayman deb uyga olib ketgani kelsada ketmadim. Meni sms orqali uch taloq qildilar. Keyin tan oldi o‘zi yozganini men bilan yashayman deb yana kelganlarida 3 taloqdan keyin yashamayman desam men emas do‘stim yozgan deb endi 2xil gapirdilar. Bu holatda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq tushgan, bormasligingiz kerak. O‘zi yozmagan bo‘lsa ham tan olganligi uchun uch taloq tushgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:50 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar