musofir ro‘zasi
Assalomu alaykum! Biz rossiya davlatida musofirmiz lekin uzoq vatqlardan beri ishlaymiz. O‘zim o‘zbekistondanman lekin musofirman rossiyada. Kelasi yil o‘zbekistonga boramiz hozir ramazon oyi yaqinlashayotgani uchun meni bir savol qiynayabdi. Ishim og‘ir va doim chang erlarda ishlayman(qurlish sohasi) va kech kelamiz dam olish vaqtimiz juda oz va ish vaqtida doim chanqoq keladi. Suv ichib turmasak bo‘lmaydi. Bu vaziyatda ramozon ro‘zasi biz uchun uzurlimi? 2. Qanday qilib ro‘zani soqit qilsak bo‘ladi, boshqa yo‘li yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ro‘zani soqit qilishga emas tutishga yo‘l qidiring. Ramazon insonni jannatdagi ettinchi osmonga ko‘taradigan darajadagi savobli, gunohlarni kul qilib yuboradigan darajada fazilatli oydir. Inson bu oyda milliardlab pul topganida ham u oyda topadigan baraka va yaxshilikni milliarddan birini ham topolmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ramazondan qoldirilgan bir kunning savobini umr bo‘yi nafl ro‘za tutib ham topolmaydi” deganlar. Ishni qisqartirib, ro‘za tutinglar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za