Yolg‘onning o‘yin turi xaqida(xazilakam yolg‘on)
Assalomu alaykum! Xozirda, asosan yosh avlodlar orasida "******" deb nomlangan bir mobil o‘yin tarqalib, ommaviylashib ketmoqda. Bu mobil ilova(o‘yin) xuddi sotsial o‘yin - "mafia"ga o‘xshab ketadi Bu o‘yinning mazmuni shundaki, uzog‘i bilan 10ta ishtirokchi ishtirok etadi va ular orasida 1 yoki 2tasi kelgindi rolida bo‘ladi. Qolganlari esa oddiy axoli rolida bo‘ladi va shu axoli orasida kim kelgindi ekanligini bilishmaydi. Kelgindilar o‘yin davomida oddiy axolini barchasini o‘ldirsa(majoziy ma’noda), g‘olib bo‘lishadi. Ishtirokchilar esa vaqti-vaqti bilan o‘zaro majlis o‘tkazib, kim kelgindi ekanligi taxmin qilishadi va bir tuxtamga kelib, tanlagan odamini o‘yindan chiqarib yuborishadi. Ushbu masalada menda savol tug‘dirayotgan xolat shuki, bu majlis davomida kelgindilar asosan yolg‘on ishlatishadi, birovga tuxmat qilishadi va xokazo. Xullas o‘zidan shubxani og‘dirish maqsadida ko‘p yolg‘on ishlatishadi. Bu shunchaki o‘yin ekanligini tushunaman. Ammo mening 10-yoshli ukam shuni o‘ynashini ko‘raman. Uning ushbu majlislar davomida(agar kelgindi bo‘lib qolsa) yolg‘on ko‘p ishlatishini guvoxi bo‘lyapman. Shunda xavotirga solayotgan narsa shuki, unga bu yoqyapti va odat tusiga aylanyapti. Borgan sari ishonarli yolg‘onlar to‘qiyapti. Savol: bunaqangi yolg‘on(yolg‘ondakam bo‘lsa xam) ishlatish xaqida Islomda nima deyilgan? Ukamni bunday narsalardan yiroqlashtirganimiz yaxshimikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromga olib boradigan narsalar ham harom. Alloh taolo Qur’oni karimda faqat zinodan qaytarmasdan zinoga olib boradigan ishlardan ham qaytargan. Siz aytgan o‘yindan aniqki yaqin kunlarda qip qizil yolg‘onchiga aylanib qoladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:59 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromga olib boradigan narsalar ham harom. Alloh taolo Qur’oni karimda faqat zinodan qaytarmasdan zinoga olib boradigan ishlardan ham qaytargan. Siz aytgan o‘yindan aniqki yaqin kunlarda qip qizil yolg‘onchiga aylanib qoladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:59 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom