Zakolatni kaytarib bermaslik

Assalomu alaykum! Biz xunarmandmiz, xar xil xolatlarga duch kelamiz. Kilentlar zakolat berib ertasiga zakolatimni qaytarib bering deb ba’zi bir xolatlarni tushintirishadi. Biz ba’zi bir xolatlarda zakolatni ishlatib qo‘ygan bo‘lamiz, shunaka xolatda qaytarib berishimiz kerakmi? O‘sha kuni yoki bir xafta o‘n kunda keling deyishga xaqqimiz bormi? Ma’lim miqdorini ushlab qolamiz deydi sherigim, kilent xozir kilib berasan deb turib oladi. Sherigim xoxlagan paytimda beraman deydi. Kilent zakolat bergandan keyin u pul mani pulim bo‘ladi deydi, xoxlagan joyga ishlataman deydi. Shunaqa holatlarga nima qilsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! IQOLA FASLI الْإِقَالَةُ فَسْخٌ فِي حَقِّ الْمُتَعَاقِدَيْنِ، فَتَبْطُلُ بَعْدَ وِلَادَةِ الْمَبِيعَةِ، وَبَيْعٌ فِي حَقِّ الثَّالِثِ، فَيَجِبُ بِهَا الشُّفْعَةُ وَصَحَّتْ بِمِثْلِ الثَّمَنِ الْأَوَّلِ، وَإِنْ شَرَطَ غَيْرَ جِنْسِهِ، أَوْ أَكْثَرَ مِنْهُ، وَكَذَا الْأَقَلَّ، إِلَّا إِذَا تَعَيَّبَ وَلَمْ يَمْنَعْهَا هَلَاكُ الثَّمَنِ بَلْ هَلَاكُ الْمَبِيعِ، وَهَلَاكُ بَعْضِهِ يَمْنَعُ بِقَدْرِهِ  Iqola ikki shartnomachining haqlarida shartnomani buzishdir. U sotilgan narsaning tug‘ishi bilan botil bo‘ladi. Iqola uchinchi shaxs haqida savdo hisoblanadi va u ila shuf’a vojib bo‘ladi. Iqola avvalgi narx mislining evaziga bo‘lsa, to‘g‘ri bo‘ladi, garchi boshqa jinsni yoki undan ko‘p yoxud ozni shart qilsa ham. Savdo moliga ayb etgan bo‘lsa, bundan mustasno. Evazning emas, sotilgan narsaning halok bo‘lishi iqolani man qiladi. Molning ba’zisining halok bo‘lishi o‘shaning miqdorichasini man qiladi.
«Iqola» so‘zi arabcha bo‘lib, lug‘atda «bo‘shatish» degan ma’noni bildiradi. Shar’iy istilohda esa:
Iqola ikki shartnomachining haqlarida shartnomani buzishdir.
Iqola nikoh aqdidan boshqa barcha aqdlarda joriydir. Ammo savdo aqdini buzishda ko‘proq ishlatiladi. Bunda sotuvchi va xaridor savdo tamom bo‘lganidan keyin uni buzishga kelishadilar. Iqolaning rukni iyjob va qabuldir. Iqola savdoda ishtirok etuvchilardan birining «Men savdoni buzdim», deyishi va ikkinchisining «Rozi bo‘ldim» yoki «Qabul qildim», deyishi bilan bo‘ladi.
Iqola mandubdir. Unga dalil quyidagi hadisi sharifdir. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  مَنْ أَقَالَ مُسْلِمًا أَقَالَهُ اللهُ عَثْرَتَهُ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim musulmonning (savdodagi) qaytishini kechirsa, Alloh uning qoqilishini kechiradi», dedilar».
Imom Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilishgan.
Bu erda sotilgan molini qaytarib olib kelgan xaridordan uni qabul qilib olgan savdogar nazarda tutilyapti.
U sotilgan narsaning tug‘ishi bilan botil bo‘ladi.
Savdo moli hayvon bo‘lib, u savdodan keyin xaridorning qo‘lida turganda tug‘sa, iqola qilish imkoni qolmaydi. Chunki savdo molida qo‘shimcha foyda paydo bo‘lishi iqolaga o‘rin qoldirmaydi.
Iqola uchinchi shaxs haqida savdo hisoblanadi va u ila shuf’a vojib bo‘ladi.
«Shuf’a» lug‘atda «qo‘shish» degan ma’noni anglatadi.
Shariatda esa eski sherikka sheriklik narsani sotib olish imtiyozi majburan berilishini anglatadi.
Bir kishi sheriklik uyini sherigi bilan kelishib, sotdi. Keyin xaridor bilan iqola qilib, uyni o‘ziga qaytarib olmoqchi bo‘ldi. Shunda uchinchi shaxs, ya’ni uning sherigi: «Iqolada ham men bilan maslahatlashishing kerak», deyishga haqqi bor.
 Iqola avvalgi narx mislining evaziga bo‘lsa, to‘g‘ri bo‘ladi, garchi boshqa jinsni yoki undan ko‘p yoxud ozni shart qilsa ham.
Savdo dirhamda bo‘lgan edi. «Iqolani dinor asosida qilamiz», desa bo‘laveradi. Ammo shart qabul bo‘lmay, dirhamlarni qaytarish kerak bo‘ladi. Shuningdek, ko‘p va ozning shart qilinishi ham botil bo‘ladi.
Savdo moliga ayb etgan bo‘lsa, bundan mustasno.
Bu paytda sotuvchi avvalgi narxdan ozrog‘iga qaytarib olsa ham durust bo‘ladi.
Evazning emas, sotilgan narsaning halok bo‘lishi iqolani man qiladi.
Bunda sotuvchi sotgan molining evaziga olgan narsani ishlatib yuborishi iqolani man qilmaydi. Lekin xaridor sotib olgan mol halok bo‘lsa, iqola qilish mumkin emas.
Molning ba’zisining halok bo‘lishi o‘shaning miqdorichasini man qiladi.
Qolgani iqola qilinadi. Halok bo‘lgani emas. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:43 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar