Ayolimga onam yoqmadi

Assalomu alaykum! Uylanganimga 8 oy bo‘ldi ayolimga onam yoqmadi oddiy gapinixam jiddiy qabul qilb urush chiqaraverdi oilada oxirgi vaqtlar menga xam itoatsizlik qilib shariyatga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni qildi meni xaqoratladi. Oilani eplolmasang nimaga uylanding dedi, eplolmaydigan ish qilmaganman lekin o‘zi xoxlasa uyiga ketib qolaveradi qarshiligimga qaramasdan uyidagi ota-onasi xam to‘g‘ri maslahat qilmaydi, yasholmasang kel biz bilan yashaysan deydi. O‘zi xoxlasa ketib o‘zi xoxlasa keladi kechirimli bo‘lb qayta qayta yashadim oxirgi marta ketganiga xam 1 oy bo‘ldi yashameman dep ketgan edi endi yana yashayman deyapti qanday yo‘l tutishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz yashash, yashamaslik qaroriga kelishingiz uchun avvlo o‘zingizga er sifatida nima vazifalar yuklangani va qanday haqlaringiz borligini, shuningdek ayolingizni haqlari va vazifalarini bilishingiz kerak. Savolingizdan bu masalada kamchiliklaringiz borligi ko‘rinib turibdi. Shuning uchun shariatimizda oila, er-xoti va ularning haq va vazifalarini o‘rganishinglar zarur. Bu borada shu mavzuga taalluqli kitobni olib o‘qinglar. Biz ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Baxtiyor oila" kitoblarini tavsiya qilamiz. Shu kitobni olib o‘qib chiqinglar. Kitobdagi shariatimiz ta’limotlariga amal qilsanglar, muammolaringiz Allohning izni ila echim topadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 09:21 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar