Kredit kartadan qilingan to‘lov

Assalomu alaykum! Amerikada sredit kartalari juda mashhur. Biz ishlaydigan bir kompaniyada ham mijozlar to‘lovni kredit kartalari orqali amalga oshirishadi. Biz kredit kartalaridagi pulga foiz qo‘shib berish sharti bormi yo‘qmi bilmaymiz. Chunki ularda holatlar turli. Ba’zilarida pulnni.aytilgan muddatgacha to‘lasa foiz olmas ekan. Bizni mijozlar muddatgacha to‘lashadimi pulni yo‘qmi u bizga qorong‘u. Bzi esa oylikni mijozlar to‘lagan puldan olamiz. Bu halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar imkon bo‘lsa kredit karta emas debit karta bilan ishlanglar. Agar buni imkoni bo‘lmasa mijozlaringizni to‘lay olmaganini sizga zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:17 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar