Niqob haqida
Assalomu alaykum! Niqob haqida, ya’ni yuzni berkitib yurish haqida. Man hijobdaman Alhamdulillah, va shariatga muvofiq hijoblanganman. Hijobni shartlariga amal qilaman. Lekin shunga qaramay ko‘chaga chiqsam (zarur masala bo‘yicha, ya’ni o‘qishga) ba’zi erkaklar gapirishadi, tegajoqlik qilishadi (ya’ni gap bilan). Avtobusda, metroda yurganimda tikilib qarashadi, bir xilda chidab tura olmayman, gapirib tashlayman. Man e’tibor tortadigan kiyim kiymasam (rangli), hamma joyim berk bo‘lsa, ro‘molimni to‘g‘ri, keng qilib o‘rasam ham. Uzoqdan erkak kishini ko‘rsam pastga qarab olaman. Bu masalada nima qilishim kerak, yuzimni berkitishim kerakmi? Ikkinchi savolim, niqobni bir taqsa boshqa echish kerak emasmi? Yani yosh o‘tkandan keyin (Agar Alloh nasib qilsa). Man niqobni odamlar (erkaklar) ko‘p joyda taqib, so‘ngra kamayganda (darsimdami) echib qo‘ysam boladimi? Ya’ni faqat zarur joylada taqsam demoqchiman. Bu savolni, niqob haqida umuman malumotga ega emasligim uchun berdim. Paranji bor paytla baribir yaxshi edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishining yuzi avrat emas, ammo fitna xavfi bo‘lganda uni yopsa yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:43 | Savol-javoblar | 162 | Ayollarga oid masalalar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishining yuzi avrat emas, ammo fitna xavfi bo‘lganda uni yopsa yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:43 | Savol-javoblar | 162 | Ayollarga oid masalalar