Ish joyimda ishlash yoki ishlamaslik haqida
Assalamu alaykum! Men Qozog‘istonda kafeda oshpaz bo‘lib ishlayman. Bu erda spirtli ichimlik ham sotiladi va bizda mol, qo‘y, tovuq go‘shtlaridan taomlar tayyorlanadi. Bizga olib kelinadigan tovuq go‘shti halolligini bilmayman, shuning uchun yuragim g‘ash. Ya’ni tovuq go‘shti va spirtli ichimliklar sabab, bu erda ishlash yoki ishlamaslikni bilolmayapman. Sizlardan iltimosim shuni hal qilishda yordam bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Alloh harom qilgan narsalarni ochiq-oydin savdosi bo‘ladigan joyda ishlamasligingiz kerak. Boshqa joydan ish toping. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom