Taloqsiz nikoh

Assalomu alaykum! Men ikkinchi bor turmushga chiqdim. Avvalgi erimdan taloq olmasdan turib bu erim bilan nikoh o‘qittik. Chunki bu narsalarni bilmasdim. Yaqinda avvalgi erim telefon qilib 3 marta taloqsan deb telefonda taloq berdi. Bu taloq to‘g‘rimi? Hozirgi erim bilan qayta nikoh o‘qitishim kerakmi endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi eringiz uch taloq degan kundan boshlab ikkinchi eringiz bilan aslo yaqinlashmasligingiz va uch hayzdan poklanguningizcha idda o‘tirishingiz shart. Iddi tugagach ikkinchi eringizga qaytadan nikohlanishingiz shart. Aks holda zinoga botib hayot kechirgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar