Namozlarimga oid savollar

Assalomu alaykum! 1) Ma’lumki, shaharda joylashgan xonadonlarda azon aytmasdan namoz o‘qish makruh emas, masjidda aytilgan azon kifoya qiladi. Ushbu holatda azonni eshitish-eshitmaslik ahamiyatga egami, eshitmasa ham kifoya bo‘ladimi? 2) Namoz vaqti kirishi bilan azon eshitilmasa kamida 4 daqiqa o‘tkazib (azon aytilishicha ketadigan vaqt), undan so‘ng iqomat aytib namozimni boshlayman. Shu to‘g‘rimi yoki bundan afzalini o‘rgatsangiz. 3) namoz so‘ngidagi salom jahriy bo‘lishi kerakmi? 4) namozni jahriy o‘qiyotgan vaqtda, ovozning biroz chiqmay qolishi, bir oyatning yarmi jahriy yarmi maxfiy bo‘lib qolishining hukmi qanday? 5) namozdagi maxfiy yoki jahriy o‘qish tartibi faqat qiroatga taaluqlimi yoki barcha takbirlarga ham daxldordir, ya’ni Sano duosi, auzibillah, basmala va takbirlar ham bir xilda maxfiy yoki jahriy aytiladimi? 6) bir kunda bir martta savol berishimiz mumkinligini yozgansizlar, bir marttada birnechta savol berishimizda hiyla qilgan bo‘lib qolmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Gohida eshtilib tursa bo‘ldi. Har vaqtnikini eshitish shart emas.
2). Farqi yo‘q.
3). Jahriyda imom jahriy, qolgan namozlarda hamma o‘zi eshitadigan darajada.
3). Siz oldin jahriy bilan maxfiyni farqini kitoblardan yoki saytimizdagi javoblardan o‘qib bilib oling.
5). Qiroatdan boshqasi maxfiy aytilinadi.
6). Aslida savol-javoblarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz odamlar yuz bor so‘ralgan savolni ham yana so‘rayverishadi. Javob bermasangiz o‘zini tahqirlangan deb o‘ylaydi. Javob beruvchini vaqtini olishi, muhim ishlaridan qolishi xayoliga ham kelmaydi. Alloh hammamizni isloh qilsin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:46 | Savol-javoblar | 128 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar