Dropshipping bo‘yicha to‘liq ma’lumot

Assalomu alayeum, ustozlar! Sizlarga "Dropshipping" bo‘yicha berilgan savollarda bu biznes haqida to‘liq ma’lumot berilmagan ekan hamda o‘zim uchun batafsil javob ololmadim. Quyida iqtibos keltiraman: " Dropshipping 19:43 / 25.11.2017 | Nozimjonn | 3881 Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, shariatda dropshippingni hukmi qanday? Ya’ni men internet magazin ochmoqchiman. U erga tovarning rasmi, tovar haqida malumot beriladi va xaridor uni tanlab zakaz qiladi va men postavikdan olib unga yuboraman. Shu ish halolmi? Ya’ni qo‘limda bo‘magan narsani sotvotgan bo‘lib qolmaymanmi? 2). Kriptovalyuta bilan birjada savdo qilsa bo‘ladimi? «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: Va alaykum assalom! 1). Siz taklif qilayotgan narsa huzuringizda yo‘q ekanligini va siz o‘rtakash ekanligingizni xaridorga ochiq-oydin ayting. Shunda siz yoki sotuvchi yoki oluvchi tomonidan vakil hisoblanasiz. Xizmat haqqingizni ham tayin qilib oling. 2). Joiz emas. Vallohu a’lam! " Men bu savolga yana qo‘shimcha qilmoqchiman. Bu biznesda men sotmoqchi bo‘lgan mahsulotni sinovdan o‘tkazish uchun ta’minotchidan maxsulotdan nusxa yuborishini so‘rayman ana undan keyin yoqsa, tovar ma’lumotlarini saytimga joylayman. Keyin mijozlar meni onlayn do‘konimdan olgan maxsulot yoqmasa yoki etib borgungacha biror sabab bilan zarar etib qolsa, shikoyatiga ko‘ra pulini hisobimdan to‘layman. Ya’ni mijozlar bilan ham asosan men shug‘ullanaman. Shuningdek, ta’minotchi bilan hamkorlik qilgan holda o‘z " brend " imni yaratib, keyin sotaman, bunga ham albatta pul to‘layman. Bu jarayonda mijozga hech qanday zarar etmaydi, hammasi nazorat qilib boriladi. Yana bunda kishilar shopify.som orqali saytimdan xarid qiladi yo bergan reklamam orqali. To‘g‘ri, o‘zim ega bo‘lmagan tovarni sotaman, ammo bu jarayonda ozmi ko‘pmi xarajat qilaman. Bu ish " shopify.som ’’ saytida amalga oshiriladi va bu jahon bo‘ylab mashhur vebsayt hisoblanadi. Dropshippingga asoslangan kompaniya ekanligini millionlab odamlar biladi ham har oy 300,000,000 dan ortiq kishi tashrif buyuradi mahsulot sotib olish uchun. Iltimos, shu bergan ma’lumotimga ko‘ra qo‘shimcha tarzda javob bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima bo‘lganda ham xaridorga o‘zingizni vakil bo‘lganingizni bildiring. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:27 | Savol-javoblar | 186 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar