Savdo agent

Assalomu alaykum! Biz savdo agentiga bir qancha mahsulotdan ma’lum bir miqdorda reja qo‘yamiz va unga oylik belgilanadi misol uchun 5 mln va shart qo‘yiladi. Agar 100% bajarsang shuncha olasan 50% bajarsang 2.5 mln. Oylikdan tashqari yo‘l kirasiga 700ming so‘m beriladi. Savol: Savdo agenti 100% mahsulotga buyurtma oldi, lekin firma buni etkazib berolmadi 50% etkazib berdi. Bunda agentga 100% ish haqi beriladimi yoki 50%? Agar 100% bersa firma ziyon qilishi mumkin yoki kelishuvga bog‘liqmi? 2-savol: Savdo agentga yo‘lkira berib 700ming shuncha do‘konga kirasan desak va u 2-3tasiga kirmasa jarima solsa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kelishuvga bog‘liq. 2). Buni ham kelishib olinglar. Jarima emas xizmat haqidan ayrib qolasizlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:48 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar