Sug‘urta puli
Assalomu alaykum! Men davlat ishchisiman. Yaqinda ishxonamizga sug‘urta kompaniyasi xodimi bir taklif bilan keldi. Uning taklifi shunday: - bizga oylik ish xaqingizni o‘tkazsangiz 5 kundan keyin sizga to‘liq oyligingizni va sizni oyligingizdan ushlanadigan 12% lik soliq summasini yarmini qo‘shib qaytaramiz dedi. Ya’ni davlat ishchilari xar oyligidan 12% soliq to‘laydilar. Sug‘urta kompaniyasi esa oylik va soliqqa ketishi kerak bo‘lgan mablag‘ni xam oladida o‘sha soliqqa ketadigan pulni yarmini o‘ziga qoldirib yarmini bizga qaytaradi. Bu soliqdan qochishku desam, tegishli qarorlarni ko‘rsatdi. Ushbu xolatda sug‘urta kompaniyasiga rozilik bersak va 5 kundan so‘ng oyligimiz va soliq summasininsh yarmini olsak, ribo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat