Birinchi o‘rinda kim turadi

Assalomu alaykum! Bir psixologni aytishicha: 1. Alloh 2. Insonni o‘zi 3. Turmush o‘rtoq 4. Farzand 5. Ota-ona 6. Jigarlar 7. Qaynona va qaynota. Yuqoridagi kabi tartiblanar ekan. Bu qanchalik o‘rinli? Ota-ona so‘ng turmush o‘rtoq turmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Psixologiya dindan olingan ilm emas. Uni bunga buni unga taqqoslash noto‘g‘ri. Bu ilm yoki shunga o‘xshash aqidaviy yoki fiqhiy masalalarga aralashadigan ilmni o‘rgangan mo‘min inson, avvalo sof aqidani bilib olib keyin u ilmda aqidasi va fiqhiga zid kelgan taraflarini to‘g‘irlab olib noto‘g‘ri joylarini o‘rgatmasligi, gapirmasligi lozim. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar