Xaromdan topilgan pulni nima qilish kerak

Assalomu alaykum! Men uzoq yillardan beri paynetda ishlayman va klientlardan qo‘shimcha haq olib ishlab kelganman. Plastikdan foizga pul echkanman, xozir bu ishlarni to‘xtatib halol kasb egasi bo‘lmoqchiman. Bu ishlarimdan topkan pullarimni nima qilishim kerak? Ma’lum bir qismini exson qilsam bo‘ladimi yoki hammasini exson qilib yuborishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom pulning hukmi savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilishdir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:48 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar