faberliccom
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar men qayta savol berayotganim uchun uzur so‘rayman. Sababi ikkilanganim va hak yo‘ldan adashishdan qo‘rqqanim uchun. Meni kursdoshim faberlic kampaniyasiga ishlashga taklif qilgan. 1 oydan oshdi shu ishda ishlayotganimga. Tarmoqli marketing bo‘lgani uchun faberlikda ishlash joiz emas degan javobingizni o‘qib qo‘rqdim, shu ishda ishlayotgan bo‘lsam ham ko‘nglim g‘ash bo‘ladi. Aniq bilmaganim uchun ham ishlayotgan edim. Lekin dugonam shu ishda ishlayotganimdan beri hayotim yaxshilandi hammaga yaxshilik qilishni xohlayman va uyda ham uydagilar bilan aloqam yaxshilandi, o‘zim uchun ko‘p narsa o‘rgandim kabi fikrlarni bildirdi. Haqiqatdan shu ishda ishlashimiz joiz bo‘lmasa qanday yo‘l tutaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatga muvofiq bo‘lgan boshqa joydan ish topinglar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:21 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatga muvofiq bo‘lgan boshqa joydan ish topinglar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:21 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat