Taxorat qilishda niyat

Assalomu alaykum! Mana bir necha yillarda buyon Allohga beadad shukur nomoz o‘qiyman, lekin nomoz o‘qish uchun taxorat qilishda niyat qilmagan edim. Shuncha niyatsiz taxorat bilan o‘qigan nomozlarimni xukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Niyat qalbdan bo‘ladigan narsa. Avvalgi o‘qigan namozlarni qayta o‘qilmaydi. Namozga tahorat olish uchun tahoratxonaga borishligingiz niyatga kifoya qiladi. Tahorat qilishdan oldin uni niyat qilish ham sunnatdir. عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ.... رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim:
«Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir...»
Ikki shayx rivoyat qilishgan.
Bunda betahoratlikni ketkazishni yoxud tahoratsiz ado etib bo‘lmaydigan ibodatni qalb ila qasd qilinadi. Niyatni til bilan aytish mustahabdir. (Kifoya kitobidan).
Shunday ekan oldin niyat sunnat ekanini bilmay o‘qigan namozlaringizda sunnatni tark qilgan bo‘lasiz, namozni durust ekaniga ta’sir qilmaydi ammo endi bilib olganingizdan so‘ng, namoz mukammal bo‘lishi uchun tark qilmang. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 202 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar