Jamoat namozi xakida

Assalomu alaykum! 3-4 kishi jamoat bulib ukigan namoz bilan masjidda o‘kilgan jamoat namozining kanday farki bor ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Masjidda jamoat bo‘lib o‘qilgan namoz boshqa joyda o‘qilgan jamoat namozidan afzaldir.عَنْ بُسْرِ بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم اتَّخَذَ حُجْرَةً - قَالَ حَسِبْتُ أَنَّهُ قَالَ - مِنْ حَصِيرٍ فِي رَمَضَانَ فَصَلَّى فِيهَا لَيَالِيَ، فَصَلَّى بِصَلَاتِهِ نَاسٌ مِنْ أَصْحَابِهِ، فَلَمَّا عَلِمَ بِهِمْ جَعَلَ يَقْعُدُ، فَخَرَجَ إِلَيْهِمْ فَقَالَ: «قَدْ عَرَفْتُ الَّذِي رَأَيْتُ مِنْ صَنِيعِكُمْ، فَصَلُّوا أَيُّهَا النَّاسُ فِي بُيُوتِكُمْ، فَإِنَّ أَفْضَلَ الصَّلَاةِ صَلَاةُ الْمَرْءِ فِي بَيْتِهِ إِلَّا الْمَكْتُوبَةَ». طرفاه: 6113، 7290 - تحفة: 3698 م- قَالَ عَفَّانُ: حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، حَدَّثَنَا مُوسَى: سَمِعْتُ أَبَا النَّضْرِ، عَنْ بُسْرٍ، عَنْ زَيْدٍ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم. تحفة:Busr ibn Sa’id Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazonda hujra qilib oldilar – menimcha, uni «bo‘yradan» dedi1 – va kechalari unda namoz o‘qidilar. Ashoblaridan bir necha kishi u zotning namozlariga ergashib namoz o‘qishdi. U zot ularni bilib qolib, o‘tirib oldilar.Keyin ularning oldiga chiqib: «Qilgan ishingizni ko‘rib, (nafl namozga ishtiyoqingizni) bildim. Ey odamlar, namozni uylaringizda o‘qinglar. Chunki eng afzal namoz – kishining uyidagi namozidir, farz qilinganlari mustasno», dedilar». 
1Bu gap roviy Busr ibn Sa’dga tegishli. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).وإن صلاة الرجل مع الرجل، أزكى من صلاته وحده، وصلاته مع الرجلين، أزكى من صلاته مع الرجل، وما كثر فهو أحب إلى الله -عز وجل  رواه ابو داودRasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishining boshqa kishi bilan o‘qigan namozi yolg‘iz o‘qigan namozidan afzaldir. Ikki kishi bilan o‘qigani undan ham afzaldir. Qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchali Alloh azza va jallaga mahbubdir” deganlar. Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:14 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar