Oilamni saqlab qolmoqchiman

Assalomu alaykum! Men 20 yosh edim bir yigit bilan axdi paymon qilgandik unga butkul ishonganimdan u bilan jinsiy aloqada xam bo‘ldik. Kunlar o‘tib men xomilador bo‘ldim u fikridan qaytib xomilamni nobud qilish darajasigacha bordi va keyin uni qaytib ko‘rmadim bu xaqda uydagilarimga xam aytolmadim. Kunlardan bir kun uydagilarim meni bir yigitga unashtirishdi men qizlik pardani medidsina orqali tiklab yuzimni yorug‘ qildim xam oilam tinch totuv 1 yarim yil yashadik farzand bo‘lmadi ko‘rinmagan do‘ktirlarimiz qolmadi meni sog‘lom deb erimda farzand bo‘lmaydi deyapti. Bu gapdan xabar topgan meni onamlar ajrashtirib olishmoqchi lekin men ajrashish niyatim yo‘q sabr qilib namozlarimda Allohdan so‘ramoqchiman buni menk uydagilarim tushunishmayapti ayting men nima qilay ajrashsam 1 umr vijdon azobida qolib ketmaymanmi? O‘zimdan o‘tgan dardni o‘zim bilaman faqat menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating men nima qilsam Alloh oldida aybimni to‘g‘irlay olaman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning hikoyangizdan qilgan gunohlaringiz uchun tavba qilganga o‘xshaysiz. Agar tavba qilmagan bo‘lsangiz, avvalo tavba qilmog‘ingiz zarur bo‘ladi. Keyingi turmushingiz haqida ajrashish masalasi sizning o‘zingizga bog‘liq. Agar sabr qilib, Allohdan so‘rayman desangiz, Allohning marhamati keng. Qanchadan-qancha oilalar uzoq muddatdan keyin ham farzand ko‘rishgani tajribadan ma’lum. Ëki ajrashib boshqa turmush qilaman desangiz, shar’iy nuqtai nazardan farzand ko‘rmasangiz va muammo xo‘jayningizda bo‘lsa ajrashish sizning haqqingiz hisoblanadi. Nima bo‘lganda ham, Allohga taqvo qilib, gunohlardan yiroq bo‘lishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar