Kayfiyat

Assalomu alaykum! 19 yoshdaman, alxamdullilax bir yildan oshib qoldi namoz o‘qiyman, lekin namoz o‘qiydigan ko‘p insonlarni ko‘raman og‘ir-g‘amgin, bosiq yurishadi. Men yoshligimdan tabiatan xushchaqchaq, quvnoq, shaddod yigitman. Insonlarga ham xushkayfiyat ulashishni xoxlayman. Uyimda ham ko‘chada ham institumda ham shundayman. Meni qilayotgan ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson tabassumli va hammaga xush kayfiyat ulasha oladigan bo‘lishi sunnat. Yolg‘on va o‘zgalarni malomat qilish aralashmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 149 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar