Mukaddas kitoblar tugrisida

dan sung Shayx xazratlaridan suramokchiman: Musulmonlar turt Kitob- Tavrot, Zabur, Injil va Kur’oni Karimni mukaddas deb biladilar. Bugungi kunda Tavrot, Injil va Kur’on yaxudiylar, nasroniylar va musulmonlar uchun shariat dasturulamali bulib xizmat kilmokda. Zabur kaysi asosda mukaddas kitob sanaladi? Talmud kitobi xakida xam ma’lumot bersangiz... Allox taolodan Siz va axli ayolingizga barakat va magfirat tilab, Olimjon Davlatov.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo Dovud alayhissalomga «Zabur»ni nozil qilgan. Zaburning lug‘aviy ma’nosi «maktub» – yozilgan. «Batahqiq, Biz zikrdan so‘ng Zaburda ham: «Albatta, erga solih bandalarim merosxo‘r bo‘lurlar», deb yozgan edik» (Anbiyo, 105).Ulamolarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «er» so‘zlaridan ko‘zlangan maqsad haqida ikki xil fikr bildirganlar. Ba’zilari, «zikr»dan murod Tavrotdir, shunga ko‘ra, oyatning ma’nosi: «Batahqiq, Biz Tavrotdan so‘ng Zaburda ham: «Albatta, erga solih bandalarim merosxo‘r bo‘lurlar», deb yozgan edik» bo‘ladi, derlar. Boshqalari esa «zikr»dan murod – Lavhul Mahfuz, binobarin, avval o‘sha ma’noni Lavhul Mahfuzga yozib, keyin Zaburga ham yozgan edik, ma’nosi chiqadi, deganlar.Alloh taolo boshqa bir oyatda quyidagilarni aytadi: «Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Payg‘ambarlarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonlarga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik» («Niso» surasi, 163 oyat).Alloh taolodan Zabur berilib, payg‘ambar bo‘lgan vaqtlarida Dovud alayhissalomning yoshlari qirqda edi, deydilar tarixchilar. Zabur to‘rt ilohiy kitobning biri ekani hammaga ma’lum. Unda mav’izalar, ibratlar, ko‘ngilni yumshatadigan va zikr qilinadigan narsalar bo‘lgan.Dovud alayhissalomning ovozlari juda ham shirali bo‘lgan. Yaxshi ovozlar U zotning ovozlariga o‘xshatilishi hamma xalqlar odatiga aylangan. Dovud alayhissalom Zaburni tilovat qilganlarida osmondagi qushlar ham to‘xtab qolar ekan. Hozirda ahli Zabur qolmagan.Mo‘min - musulmon odam Alloh taolo Dovud alayhissalomga Zabur nomli kitobni nozil qilganiga jazm ila iymon keltirish lozim.Talmud yahudiylarning Muso alayhissalomdan olgan og‘zaki tarzda olgan sunnat, nasiyhat sharhlardan iborat to‘plam bo‘lgan. Keyin zamon o‘tishi bilan boshqa narsalarni ham qo‘shishgan. So‘ng yozma shaklga keltirilgan va Talmud deb atalgan. Uning ichiga adabiyot, qissa, tarix, qonun va afsonalar ham qo‘shilib ketgan.

20 Aprel 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 164 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar