Qazo namozi bor kishiga iqtido qilish joizmi?

Agar imom kishining qazo namozlari bo‘lsa, masalan bomdod va xufton namozini o‘qiydi, qolganlarini o‘qimaydi. Men o‘sha imomga iqtido qilib namoz o‘qisam bo‘ladimi? Yoki o‘zim alohida o‘qiganim yaxshimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qolganlarini nimaga o‘qimaydi? Agar dangasaligi oqibatida mazkur namozlarni o‘qimaslikni odat qilib olgan bo‘lsa, uning orqasidan namoz o‘qimaslik kerak.

26 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar