Erning xaqqi

Assalomu alaykum! Ayol kishiga erning roziligi birinchi urinda turishini bilaman. Roziligini olishga xarakat qilaman. Lekin qaynonamlar juda injiq bir kunda 6-7 soatlab g‘iybat qilip o‘tiradi ko‘p gapi o‘zini yomon gumonlari. Turib ketolmayman bu narsa oylab davom etdi qalbim og‘irlaship ketti eshiglarda qochib yurdim ishni boxona qilip yig‘lap yurdim Robbim qalbim qiynalip ketti yolg‘onlardan dip. Telefonimni beruxsat rosa titkiladi oxiri so‘radim xijolat bo‘laman bering deb 3 marta so‘radim bermadi birovni telefonini titkilash yaxshi emas dedim oxiri 3 kun ovqatmni emay qiynadi meni. kechirim so‘radim erimga aytgandi onam bitta javobini beraman deb tashlanadi mani eshitmaydiyam ona muxim xolos xafa bo‘lsam aytolmayman xo‘jeyinimga yuzinchi darajadayam bassan deydi. Qaynamni so‘kishlarini indamay eshitsam aybim bo‘lmasaxam kechirim so‘rab oyoqlariga yiqilib erim ajrab ketmasin mendan deb yashadim o‘shanda xam rozimisiz mendan desam onam rozi bo‘lsa rozi bo‘laman deydi. Qaynonam xali xich kimdan rozi bo‘lmagan qizlariniyam qarg‘aydi. Kelinlarni tarafini olip zulm qilmang deyishsa. Men erim rozi bo‘lmasa nima qilaman deb oxiratimdan qo‘rqaman. Savolim erni rozi qilish uchun qaynonani xar qandan qiliqlariga chidash kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erning haqqi ham shariat tarafidan belgilab berilgan. Undan ortig‘ini talab qilishi joiz emas. Siz imkoningiz darajasida hurmatini qiling, itotda bo‘ling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar