Nomahramga ukol

Assalomu alaykum! Ustozlar meni onam hamshira, lekin raddomda(yani tug‘ruqhonada ishledi) u erda faqat ayollar bilan muomala qiladi va ayollarga ukol qiladi, lekin meni g‘azabimi keltiradigan narsa, qo‘shnilarimiz (ayollar bo‘lsa mayli) erkak qo‘shnilar ukol qildirgani chiqadi to‘g‘ri ular, onamga nisbatan ancha kichik biz tengi bo‘lsaham. Menga bu narsa yoqmaydi. Onam ukol qilmaydi desam qo‘shnichilik aloqalariga putur etadimi deb qo‘rqaman. Bu holda qanday maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘shnilaringiz kirsa ularga “Onam faqat ayollar va balog‘atga etmagan bolalarga ukol qiladi xolos” deb ayting. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 167 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar