Aroq ichgan idish xaqida

Assalomu alaykum! Meni qaynotaman kunda aroq yoki piva ichadilar, dasturxonda ovqatlanib. Savolim shuki qaynotam ichgan piyolada bollarim va men choy ichamiz. Bu gunoxmasmi? Men piyolamni aloxida qilib oldim, bu jirkanishka kirib qolmaydimi aroq bor joydan o‘tirmaslikni eshitganman qaynotam kunda bir dasturxon atrofida bizi yonimizda ichadi. Bollarim va meni luqmamiz xoram bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Idishlar ikki qismga bo‘linadi. Avvalgi zamondagidek yog‘och, sirlanmagan yoki siri ko‘chgan sopol idishlar. Ularga najosat tushsa qatron(yuvib, to‘ntarilib bir tomchi ham suvi qolmagunicha kutish va buni uch bor takrorlash) orqali pokiza bo‘ladi. Ikkinchi qism idishlar hozirgi kundagi sirli, shisha va palastmassadan qilingan, temir va mis kabi materiallardan qilingan idishlar. Bularni qatron qilishga hojat yo‘q. Najosati ketgunicha uch bor yuvish bilan toza bo‘ladi. Obdastalarga ham najosat tushsa qatron qilishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar