Logoped ishi

Assalomu alaykum! Men logoped ya’ni nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tuzatuvchi mutaxasis bo‘lib ishlayman. Bizning ishimizda bolalarni diqqat e’tiborini o‘zimizga qaratish masadida bolalar uchun maxsus o‘yinli qo‘shiqlardan foydalanamiz. Bu bilan gunohga yo‘l qo‘yib qo‘ymayabmizmi? Hozirda meni katta ehsonlar qilishga qurbim etmaydi. Lekin dorixona yoki do‘konlardako yoki ko‘chaning turli qisaridagi ehson qutilariga oz bo‘lsada o‘z hissamni qo‘shishga harakat qilaman. Bu ham infoq-ehsonga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehsonni eng ulug‘i har bir inson o‘zidagi iste’dodni qo‘llab kasbi orqali insonlarga manfaat etkazishdir. Siz ham shu logopedlik sohangizni rivojlantiring va ko‘proq bolalarga foyda keltirishni yo‘llarini qidiring. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar